Toshkent va Qo`qonda katta miqdorda dori vositalarini noqonuniy sotganlar qo`lga olindi

Jinoyat 29.07.2022, 14:02
Toshkent va  Qo`qonda katta miqdorda dori vositalarini noqonuniy sotganlar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan  tekzor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro D.N. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro B.ga tegishli hujjatlari bo`lmagan jami 1 900 dona “ENDOKARD 50 ml” nomli dori vositasini 133 mln so`mga sotishga kelishib, 12 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, fuqaro O.X. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda, D.N.ga tegishli yana 10 dona “ENDOKARD 50 ml” nomli hamda 58 dona “SERGO 100 ml” nomli dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qo`qon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “To`qqizbuloq” ko`chasida istiqomat qiluvchi  fuqaro F.N. yashash xonadonida tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 420,9 mln so`mlik 9 turdagi dori vositalarini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1