G`arb narxlarning yanada oshib ketishi xavfi fonida Rossiya neftiga qarshi cheklov joriy etishdan tiyilib turibdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon.uz"
Gazeta ma`lumotlariga ko`ra, evropaliklar Rossiya neftining xalqaro eksportiga qo`yilgan ayrim taqiqlarni bekor qilgan. Bundan tashqari, Moskvaning Lloyd's of London sug`urta bozoriga kirishini cheklovchi reja ortga surilgan.
Shuningdek, Buyuk Britaniyaning EIning rus neftini tashiydigan xalqaro kemalarni sug`urta qilishni to`xtatishni nazarda tutadigan sanksiyalariga qo`shilmagani aytilmoqda. AQSh ham to`laqonli taqiqlarga qarshi chiqmoqda, bunga sabab Vashington neft narxining keskin oshishidan xavotirda.
“Iyul oxirida Bryussel global energetika xavfsizligi bo`yicha xavotirlarni inobatga olib, Rossiya davlat kompaniyalariga qo`yilgan cheklovlarni o`zgartirdi”, – deyiladi xabarda.






