1

Yunusobod va Mirzo Ulug`bek tumanlarida kommunal to`lovlar uchun undirilgan pullarni o`zlashtirgan shirkatlar aniqlandi

Jinoyat 01.08.2022, 15:26
Yunusobod va Mirzo Ulug`bek tumanlarida kommunal to`lovlar uchun undirilgan pullarni o`zlashtirgan shirkatlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

 Unda, “S.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal to`lovlari uchun undirilgan jami 269,8 mln so`mni bank kassasiga kirim qilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G`.S.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari D.S. aholidan kommunal to`lovlari uchun undirilgan 95,2 mln so`m naqd pulni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1