1

Olimlar maymunchechakning "nomaqbul" alomatlari haqida ma`lum qildi

Salomatlik 02.08.2022, 12:15
Olimlar maymunchechakning "nomaqbul" alomatlari haqida ma`lum qildi

Buyuk Britaniya olimlari maymunchechak bilan kasallangan 197 erkakning sog`lig`ini o`rganishdi. Ular kasallikning yangi “odobsiz” alomatlarini payqashdi.

Ma`lum bo`lishicha, 71 nafar bemorda bosh og`rig`i, 31 nafari esa jinsiy olatni shishishidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, ularning barchasida shilliq pardalar va terida jarohatlar bor edi.

Shuningdek, 70 nafar erkakda OIV infeksiyasi aniqlangan, 56 nafarida jinsiy aloqa orqali yuqadigan infeksiyalar aniqlangan.

Londondagi Guy’s and St Thomas' NHS Foundation Trust vakili Juliya Bilinskaning aytishicha, maymunchechak nega ba`zi odamlarda bu alomatlarga sabab bo`lishi hali aniq emas.

"Bu kasallikning tabiiy yo`nalishidagi o`zgarishlarni ko`rsatishi yoki yuqish usuli bilan bog`liq bo`lishi mumkin", dedi u.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1