Prezident nomidan yordam puli berilayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi.
Ta`kidlanishicha, Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda O`zbekiston Prezidentining rasmiy veb-sayti ko`rinishidan foydalanilib, "O`zbekiston Prezidentidan to`lov, og`ir iqtisodiy vaziyat tufayli bank kartasiga ega bo`lgan har qanday fuqaro to`lovni olishi mumkin, bu erda olishingiz mumkin 700 ming so`m" mazmunida xabarlar tarqalmoqda. Markaz furqarolarni bunday xabarlarga aslo ishonmaslikka chaqirib, ularning yolg`on ekanini ta`kidlagan.
Fuqarolardan noma`lum manzildan kelgan havolaga kirmaslik, tashkilotning rasmiy manziliga murojaat qilib, ma`lumot olish tavsiya etilmoqda.






