Joriy yilning o`tgan davrida bu borada 245 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, natijasiga ko`ra, 167 ta jinoiy hamda 78 ta ma`muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo`zg`atilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Shuningdek, huquqbuzarlardan davlat foydasiga 433,2 ming AQSh dollari, 1,1 mln Rossiya rubli, 702,2 ming qozoq tengesi va 1,2 mlrd so`m ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
Qalbaki pul yasash va o`tkazish bilan bog`liq 23 ta jinoyat fosh etilib, 135 mln so`mlik hamda 53,2 ming AQSh dollarilik qalbaki banknotlarni erkin muomalaga kiritilishining oldi olingan.
Qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarni qonunga xilof muomalasi bilan bog`liq 8 ta jinoyat fosh etilib, huquqbuzarlardan 730,2 mln so`mlik 4,6 kg qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
Bu borada Departament organlari tomonidan profilaktika va tezkor-qidiruv tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2018 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda 1 638 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi faoliyat yuritgan bo`lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni 3 970 tani, shundan valyuta ayirboshlash bankomatlari soni – 1 880 tani tashkil etmoqda.
Jumladan, joriy yilning o`tgan 6 oyida respublikamizda 251 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 343 ta valyuta ayirboshlash bankomati ishga tushirilgan.
" – Bundan tashqari, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida xorijiy valyutani bank plastik kartalari hamda bank mobil ilovalari orqali ham konvertasiya qilish imkoniyatlari yaratilgan.
Shunday ekan, qalbaki xorijiy valyuta banknotlarga duch kelmaslik hamda noqonuniy valyuta savdosi bilan bog`liq huquqbuzarlikning sub`ekti bo`lib qolmaslik uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga chaqirib qolamiz", – deyiladi departament ma`lumotida.






