1

Toshkentda ShHTga a`zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining forumi boshlandi

Siyosat 03.08.2022, 12:04
Toshkentda ShHTga a`zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining forumi boshlandi

Bugun, 3 avgust kuni Toshkentda O`zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) a`zo davlatlari hududlari rahbarlarining gibrid formatdagi forumi boshlandi.

Forum ishtirokchilariga O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev va ShHT Bosh kotibi Chjan Min qutlovlari bilan murojaat qildilar.

Ikki kun davomida tadbir ishtirokchilari tashkilotga a`zo mamlakatlar e`tiborini turizm, madaniyat va qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirishga jalb etish yuzasidan o`zaro fikr almashadilar.

Anjuman dasturiga ko`ra, uchta sho``ba sessiyalari, shuningdek, tashkilot mamlakatlari ishbilarmon doiralarining vakillari bilan biznes-forum o`tkaziladi.

Ta`kidlash joizki, mintaqa rahbarlari forumi mintaqa davlatlariga mintaqani yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlarini birgalikda va har tomonlama ko`rib chiqish imkonini beruvchi muloqot maydonchasi vazifasini o`taydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1