BMT “Tolibon” harakatining terrorchilar bilan aloqalari uzilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi o`rinbosari, terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovning so`zlariga tayanib, Zamon.uz sayti ma`lum qildi.
“ ‘Al-Qoida’ hozirda Afg`onistonda yaxshi ma`lum. Mening boshqarmam “Tolibon”ning terrorchilar bilan yo`li ajralishi uchun barcha ishni amalga oshirmoqda”, – degan u.
Ma`lumot o`rnida: 31 iyul kuni AQSh maxsus amaliyot davomida Kobulda “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik guruhi etakchisi Ayman az-Zavaxiriy o`ldirildi. U Usoma bin Lodin o`limidan so`ng mazkur guruhga boshchilik qilib kelgan. Jozef Bayden bu to`g`risidagi bayonotda Afg`onistonni qaytadan terror uyasiga aylantirmaslikka va`da berdi. Davlat kotibi Entoni Blinken esa toliblarni Doha kelishuvlarini buzishda aybladi.