AsosiyDunyo

10ga yaqin davlat ShHTga qo`shilish istagini bildirmoqda

'10ga yaqin davlat  ShHTga qo`shilish istagini bildirmoqda'ning rasmi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga bir qator boshqa davlatlar, jumladan BAA, Suriya, Qatar va Saudiya Arabistoni ham kirishni istamoqda va a`zo davlatlar soni 18 taga kengayishi kutilmoqda, deya yozmoqda "Zamon.uz" sayti

“10ga yaqin davlatdan ShHTdagi maqomini oshirish bo`yicha arizalarni ko`rib chiqish so`ralgan. Ular orasida arab dunyosi vakillari bor: Suriya, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari. Janubi-Sharqiy Osiyodan Myanma, Kambodja va Nepal shunday istak bilan chiqqan. Qo`shni davlatlardan – Armaniston va Ozarbayjondan. Biz ShHTga qiziqishning misli ko`rilmagan ko`lamini ko`ryapmiz”, deb tushuntirdi “Izvestiya”ning yuqori martabali manbasi.

Bundan tashqari, BAA byurokratik tartibni chetlab o`tib, darhol uyushma a`zosi maqomini berishni so`radi.

Ayni vaqtda ShHTga 8 ta davlat – Hindiston, Qozog`iston, Xitoy, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O`zbekiston a`zo sanaladi.

    Boshqa yangiliklar