Toshkent viloyati Parkent tumanida 14 yoshli yigit qarindoshini ehtiyotsizligi sabab o`ldirib qo`ydi. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati voqea tafsilotlarini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 2 avgust kuni 2008 y.t. fuqaro E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog`asining uyiga mehmonga kelgan.
U erda 2007 y.t. M.T. (tog`asining o`g`li) bilan qushlarni ovlash maqsadida tog`asiga tegishli bo`lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. Shundan so`ng 14 yashar E.E. ehtiyoncizligi oqibatida pnevmatik quroldan o`q otib 15 yoshli M.N.ni chap ko`krak sohasiga tan jarohati etkazgan.
Natijada fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.