AsosiyJinoyat

Tadbirkorga 500 mln so`m kredit ajratib berishni va`da qilgan Surxondaryo viloyat “Ipoteka-bank” ATIB sho``ba mudiri qo`lga olindi

'Tadbirkorga 500 mln so`m kredit ajratib berishni va`da qilgan Surxondaryo viloyat “Ipoteka-bank” ATIB  sho``ba mudiri qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining sho``ba mudiri X.T. “L.S.” MChJga qarashli Sho`rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta`mirlash uchun 500 mln so`m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar