Avvalroq Qarshi shahrida 23 yoshli sportchining jasadi suvdan chiqqanligi haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahar hududidan oqib o`tuvchi Qarshi magistral kanalidan 1999 y.t. fuqaro K.I.ning jasadi topilganligi holati yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ish bo`yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.






