1

Magnit bo`roni kuzatiladigan kunlarda qanday taomlardan tiyilish tavsiya etiladi?

Salomatlik 08.08.2022, 15:52
Magnit bo`roni kuzatiladigan kunlarda qanday taomlardan tiyilish tavsiya etiladi?

“O`zgidromet” agentligi tomonidan bugun Toshkentda G3 darajali va 4 ballga teng magnit bo`ronlari bo`lishi prognoz qilingan edi. Ayni paytda kuzatilayotgan ushbu hodisa salomatligimizga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi uchun qanday yo`l tutish lozim?

Sog`liqni saqlash vazirligi bu borada quyidagi tavsiyalarni beradi:  

  • Magnit bo`ronidan arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko`proq aziyat chekadi.  
  •  Bu holat organizmda tashqi stresslarga chidamlilikni ta`minlaydigan melatonin moddasi ishlab chiqarilishining kamayishi bilan izohlanadi.  
  • Qolaversa, magnit bo`roni bronxial astma bilan og`rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan.  
  • Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish rasioniga alohida e`tibor qaratish va ko`proq suyuqlik ichish lozim.  
  • Ho`l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko`p bo`lgan ne`matlardan iste`mol qilish zarur.  
  • Magnit bo`roni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish hamda yog`li, achchiq, sho`r taomlar iste`mol qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo`ladi.
  •  Tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish ham maqsadga muvofiq. O`z navbatida, mutaxassislar ortiqcha zo`riqtiruvchi ishlar va mashg`ulotlar bilan vaqtincha shug`ullanmaslikni maslahat berishadi.  
  • Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa o`zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.  
  •  Kun davomida bir necha marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1