Sirdaryoda 614 mln so`mni o`zlashtirgan MChJning sobiq rahbari qo`lga tushdi

Jinoyat 10.08.2022, 13:23
Sirdaryoda 614 mln so`mni o`zlashtirgan MChJning sobiq rahbari qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.O.” MChJ sobiq rahbari A.X. va sobiq hisobchisi I.M.lar oylik ish haqi tarqatilganligi haqidagi hujjatlarni soxtalashtirish orqali MChJning jami 614 mln so`m mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1