1

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo`qonga avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 12.08.2022, 08:01
Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo`qonga avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi

Guliston shahrini Farg`ona vodiysi bilan bog`lovchi Guliston-Qo`qon (Tojikiston orqali) viloyatlararo-shaharlararo yo`nalishida avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi xabar berdi.

Boshqarma mazkur yo`nalish bo`yicha qatnovlar qaysi sanadan boshlanishiga aniqlik kiritmagan, faqat «tez kunlarda» deya qayd etgan.

Ma`lum qilinishicha, qatnovlarni har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Guliston shahridan jo`naydigan avtobus «Xovosobod» hamda Farg`ona viloyati yaqinidagi «Andarxon» chegara bojxona postlari orqali Qo`qon shahriga etib boradi. Yo`lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo`lishi talab etiladi.

Ushbu yo`nalishning masofasi 264,3 kilometr bo`lib, yo`l haqi 50 ming so`m atrofida bo`lishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1