Sevimli

Chiroqchida yigit qo`shni qishloqdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi

Jinoyat 13.08.2022, 10:47
Chiroqchida yigit qo`shni qishloqdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi

Qashqadaryoda yigitlar o`rtasidagi janjal o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 12 avgust kuni taxminan soat 01:30 lar atrofida Chiroqchi tumani “Galabek” MFYda yashovchi fuqaro H.O. qo`shni qishloqqa borgan va fuqarolar A.M. va Q.M. bilan janjallashib qolgan. Fuqarolar A.M. va Q.M. lar H.O.ni urib, tan jarohati etkazgan.

Natijada jabrlanuvchi H.O. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay olgan tan jarohatlari sababli H.O. vafot etgan.

Holat yuzasidan 2022 yil 12 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqarolar A.M. va Q.M.larga O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov e`lon qilinib, O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat prosesual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Sharhlar