Samarqandlik erkak 2 nafar jizzaxlikni pichoqlab, o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 14.08.2022, 12:01
Samarqandlik erkak 2 nafar jizzaxlikni pichoqlab, o`ldirib qo`ydi

Jizzax shahrida ishchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda  Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 8 avgust kuni soat 21:30 larda Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasi hamda Forish tumani “Bog‘don” QFYda istiqomat qiluvchi 38 va 31 yoshli ikki fuqaro o‘zaro gaplashib turganda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Qangli qishlog‘ida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro ularning suhbatiga kelib qo‘shilgan.
 

Zarbdorlik shaxs samarqandlik erkakning ko‘ylagi cho‘ntagidan hazillashib 50 ming so‘m pullarini olib qo‘ygan vaqtida janjal kelib chiqqan. Nizo davomida bulung‘urlik shaxs sumkasida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ushbu ikki fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan, tan jarohati olgan ikkinchi shaxs esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1