1

"Oliy ta`limga endi chidash kerak" — Abduqodir Toshqulov

Jamiyat 14.08.2022, 22:31
"Oliy ta`limga endi chidash kerak" — Abduqodir Toshqulov

Abduqodir Toshqulov o`qishni ko`chirish va magistraturaga qabul jarayonlari bo`yicha eksklyuziv intervyuda endilikda "tortib ketolmagan" talabalarga texnikum diplomi berib, kuzatilishini aytdi.

Qayd etilishicha, bu tizim Samarqand davlat universiteti va Transport universitetida test tariqasida o`tkazib ko`rilmoqchi.

"Endi bu universititetlarda talaba 2-kursgacha o`qib, xalqimiz tilida aytganda keyingi jaryonlarni "tortolmay", ya`ni fanlardan qarz bo`lib, murakkab mutaxassislik fanlariga qiynalishni boshlasa, unga texnikum diplomi beriladida, kuzatiladi. Unday bo`lmasa, kursdan-kursga qolaveradi. 4 yilda diplomli bo`lish tizimi, menimcha, faqat bizda qoldi. Dunyoda 6, 8,10 yilgacha o`qib hujjat olishadi. Qarzdor bo`ldimi, qayta o`qiydi va o`qiganda ham pul to`lab o`qiydi",-deydi vazir.

Ta`kidlanishicha, fanni o`zlashtirmagan o`quvchiga o`qituvchi qayta dars o`tadi. 

"Dars talab darajasida bo`lmasa, sudga bersin kerak bo`lsa, bilim talab qilsin. O`zi bilim olishdan manfaatdor bo`lmasa, u qanday talashadi? U faqat tanish orttiradi. Biroq raqamlash orqali endi o`qituvchi bahoni o`zgartira olmaydi. Texnikaga iltimos qilib bo`lmaydi",-deydi Toshqulov.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining so`zlariga ko`ra, hozirda raqamlashtirish jarayoniga Jahon bankidan grant ham olingan.

"Bo`ldi, bu o`quv yilidan boshlab tizim xuddi xorijda kabi raqamlashadi. Hamma masalaga e`tibor kuchli. Raqamlashitirish markazi tuzdik. 32 nafar malakali IT sohasi vakillarini ishga oldik", deydi u.

Mavzuga doir:

"Davlat kuchli bo`lishingizni xohlayapti"

"Salohiyat masalasi nima bo`ladi?"

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1