1

"Ipoteka bank" mansabdorlari tomonidan guruh bo`lib juda ko`p miqdordagi kredit mablag`lari o`zlashtirilgani aniqlandi

Jinoyat 15.08.2022, 16:49
"Ipoteka bank" mansabdorlari tomonidan guruh bo`lib juda ko`p miqdordagi kredit mablag`lari o`zlashtirilgani aniqlandi

ATIB "Ipoteka bank" Farg`ona viloyati filiali mansabdor shaxslari tomonidan guruh bo`lib juda ko`p miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilish, aldov, mansab vakolatini suiiste`mol qilish jinoyati sodir etilganligi aniqlandi.  

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mazkur bank viloyat filiali mansabdor shaxslari "O.S.I" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Yu. va uning sheriklari bilan oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etgan.  

Xususan, Farg`ona shahrida joylashgan chorvachilik bino-inshootlarini sotib olish uchun nomi keltirilgan jamiyat hisob raqamiga kredit mablag`lari hisobidan 1 milliard so`m o`tkazilgan. Lekin binolar sotib olinmasdan, 399 million so`mini aslida ko`rsatilmagan texnik xizmatlar uchun mas`uliyati cheklangan jamiyati hisob raqamiga, shundan 133 million so`mini jamiyat rahbari A. Yu. ning korporativ plastik kartasiga o`tkazib, naqdlashtirilgan. Qolgan 266 million so`mni esa o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, juda ko`p miqdordagi kredit mablag`larini talon toroj qilganligi aniqlandi.  

Shuningdek, mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to`lovlar o`z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli sudning undiruv qarori bilan garov mulki hisoblangan chorvachilik bino inshootlariga qaratilgan. Bank mansabdor shaxslari fuqaro I.Kga mazkur bino-inshootlarini olib berishni aytib, zakolat sifatida 19 ming 900 AQSh dollarini olib, omonatga qo`ymasdan firibgarlik yo`li bilan uni qo`lga kiritgan.

ATIB "Ipoteka bank" Farg`ona viloyati filiali mansabdor shaxslari va "O.S.I" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Yu hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 205-moddasi 2 –qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1