1

DXX: 11 000 ziyod kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Jinoyat 18.08.2022, 13:59
DXX: 11 000 ziyod kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

DXXning Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan xududiy bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining “Qirg`iziston Respublikasi-Farg`ona vodiysi-Toshkent-Sirdaryo” yo`nalishida noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida bir nechta faol tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Jumladan, Farg`ona tumanida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida to`xtatildi.

Avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda, Qirg`iziston Respublikasidan olib kirilgan va keyinchalik Toshkent shahri orqali Sirdaryo viloyati hududiga olib borish rejalashtirilgan 4.200 dona “Regapen” va 1.000 dona “Tropikamid” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Toshkent shahrida yashovchi, 1986 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina Toshkent shahridagi “Sharq” yo`l-patrul xizmati maskanida to`xtatilib, ko`zdan kechirildi. Natijada avtomashinaning yuk xonasidagi metan gaz balonining ichiga xufiyona tarzda yashirilgan 999 dona “Tropikamid” va 3356 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shu bilan birga, Farg`ona viloyatida yashovchi, 1987 y.t. shaxs Toshkent viloyati O`rtasaroy tumani hududida qo`lga olinib, uning yuk sumkasi ko`zdan kechirilganda, unda 900 dona “Tropikamid” va 1.680 dona “Regapen” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda esa “Bektemir” yo`l-patrul xizmati maskani hududida “Lasetti” rusumli avtomashina tekshirildi. Unda yo`lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli polietilin paketda 504 dona “Regapen”, 91 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1