Fransiyada odamdan itga maymunchechak virusini yuqtirishning dunyodagi birinchi holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) holat yuzasidan ogohlantirdi. Bu haqda «NDTV» xabar berdi.
Tashkilot murojaatida maymunchechakka chalingan odamlarni hayvonlarga yaqinlashtirmaslik, ular bilan aloqa qilmaslikni so`ragan. Bunga Parijda ikki erkak va ular bilan birga yashovchi it o`rtasida maymunchechakning hayvonga yuqishi holati sabab bo`lgan.
«Bu odamdan hayvonga yuqishi haqida xabar berilgan birinchi holat hisoblanadi», —deydi JSSTning maymunchechak bo`yicha texnik rahbari Rozamund Lyuis.
U mutaxassislar yuqishning bunday yo`li haqidagi nazariy xavfni bilgani va sog`liqni saqlash idoralari allaqachon bemorlarga «uy hayvonlaridan izolyasiya qilishni» maslahat berganini aytgan. Bundan tashqari, u uydan tashqarida kemiruvchilar va boshqa hayvonlarni yuqtirish xavfini kamaytirish uchun «chiqindilarni boshqarish juda muhim» ekanini bildirgan.
«Viruslar turlar orasida tarqalish to`sig`idan o`tib ketganda, ular ko`pincha xavfliroq yo`nalishda mutasiyaga uchraganida xavotir uyg`otadi», — degan u.
Mutaxassis virus boshqa populyasiyada turli muhitga o`tishi bilan, uning rivojlanishi va mutasiyaga uchrashi ehtimoli borligini ta`kidlagan. Asosiy tashvish uydan tashqari hayvonlarga tegishli hisoblanishi keltirilgan.
«Ko`proq xavf virus hayvonlar zichligi yuqori bo`lgan kichik sutemizuvchilar populyasiyasiga kirishi hisoblanadi. Bir hayvondan kasallik boshqasiga yuqishi jarayonida virusning tez evolyusiyasini ko`rasiz. Men virus itdan odamga qaraganda tezroq yuqishini kutmayman, lekin hushyor bo`lishimiz kerak. Uy hayvonlari xavf tug`dirmaydi», — degan JSSTning favqulodda vaziyatlar bo`yicha direktori Maykl Rayan.






