1

Shofirkonda fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlatib berishni va`da qilgan Aholi bandligiga ko`maklashish markazining sobiq inspektori qo`lga olindi

Jinoyat 19.08.2022, 15:59
Shofirkonda fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlatib berishni va`da qilgan Aholi bandligiga ko`maklashish markazining sobiq inspektori qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazining sobiq inspektori D.N. va uning tanishi A.T. 13 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga markaz rahbari orqali ishsizlik nafaqasi tayinlab berish evaziga 700 AQSh dollari va 6 mln so`mini qo`lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan fuqaro F.M.ga 500 ming so`mni qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1