Evroittifoq tashqi ishlar vazirlari 31 avgust kuni Rossiya fuqarolariga viza berishni taqiqlash masalasini ko`rib chiqadi. Bu haqda EI bosh diplomati Jozep Borrel ma`lum qildi, deya yozmoqda “zamon.uz”.
Uchrashuv Pragada bo`lib o`tadi. Unda, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarining Evropadagi ehtimoliy o`quv mashg`ulotlar bazasini yaratish masalasi ham muhokama qilinadi.
“Evroittifoq nafaqat Ukrainadagi harbiy harakatlarni to`xtatish, balki yangi nizolarning oldini olish haqida fikrlashi kerak”, — degan Borrel.
Shu bilan birga diplomat yaqin hafta va oylar EI uchun juda qiyin bo`lishini, evropaliklar erkinlik va xavfsizlik uchun tovon to`lashga tayyor turishi zarurligini aytgan.
Avvalroq Estoniya bosh vaziri Rossiya fuqarolariga Shengen vizalari berishni butunlay to`xtatishgachaqirgandi.
.






