O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Evroosiyo hukumatlararo Kengashi majlisida ishtirok etish uchun Qirg`iziston Respublikasiga bordi.
Issiqko`l xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg`iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari Bakit Torobaev kutib oldi.
Eslatib o`tamiz, 26 avgust Cho`lpon-ota shahrida Evrosiyo hukumatlararo Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi va unda integrasion uyushma doirasidagi qator dolzarb masalalar ko`rib chiqiladi.






