O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi hamkorlik nafaqat ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda, balki san`at va madaniyat hamda kino sohasida ham rivojlanib bormoqda. Jumladan, “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida turk kinoijodkorlari o`zlarining bir qator loyihalari bilan ishtirok etishni rejalashtirishgan.
Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov va agentlik xalqaro bo`limi vakillari Turkiyaning Ordu viloyati millat vakili, O`rta osiyo davlatlari koordinatori Metin Gundogdu bilan onlayn muloqot bo`lib o`tdi.
Muloqot davomida “Turkiya kinosi kunlari” tashkil etilishi va festival davomida vatanparvarlik, sevgi-muhabbat va chin insoniy tuyg`ular aks etgan bir nechta turk badiiy filmlari namoyish etilishi kelishib olindi.
Turkiya kinoijodkorlari tamonidan festivalga taqdim etilgan yangi badiiy filmlar Respublikamiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
27.08.2022 18:25
Turk kinolari XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi
