1

“O`zbekneftgaz”: Mutaxassislar konlarni integral modellashtirish bo`yicha “Schlumberger” kompaniyasining xalqaro sertifikatlariga ega bo`lishdi

Iqtisodiyot 10.09.2022, 17:32
“O`zbekneftgaz”: Mutaxassislar konlarni integral modellashtirish bo`yicha “Schlumberger” kompaniyasining xalqaro sertifikatlariga ega bo`lishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O`zbekiston – 2030” qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan neft va gaz sanoati tarixida ilk marotaba Konlarni ishlatish departamenti qoshida “Modellashtirish markazi” tashkil etildi.

Modellashtirish markazi zimmasiga geologik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilishda hamda konlarni ishlatishni rejalashtirish va boshqarishda IAM (Integrated Asset Modeler) dasturidan foydalangan holatda kompleks yondashuvga bosqichma-bosqich o`tish vazifasi qo`yilgan.

Belgilangan vazifalarni bajarish uchun “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan yuqori malakali jahon andozalari darajasidagi mutaxassislarni jalb etgan holda xodimlarining malakasini oshirish kurslarini o`tkazish orqali Jamiyatning jahon bozoridagi nufuzini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 7-14 avgust kunlari Qozog`istonning Nur-Sulton shahrida Modellashtirish markazi xodimlari konlarni integral modellashtirish yo`nalishi bo`yicha o`quv kurslarini tamomlashdi.

Mazkur o`quv kursi “Schlumberger” va “O`zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O`quv kursining asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasidagi neft va gaz konlarida integrasiyalashgan modellarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etishning yangi yo`nalishini chuqur o`zlashtirishdan iborat.

Konlarni ishlatishni rejalashtirish va uglevodorodlarni qazib chiqarish jarayonlarini boshqarishda hamda ishlab chiqarish aktivlarini modernizasiya qilish va ularni konlarning butun hayotiy sikli davomida ishlatish bo`yicha qarorlar qabul qilish uchun IAM dasturiy ta`minoti eng to`liq va moslashuvchan platforma hisoblanadi.

IAM dasturiy ta`minoti korxona darajasida qaror qabul qilish uchun individual yuqori ixtisoslashtirilgan modellarni (qatlam modeli, kon ustki jihazlarining tarmoq modeli, neft va gazni qayta ishlash modeli va iqtisodiy model) yagona modelga birlashtirish imkonini beradi.

Bunday echim konni o`zlashtirish konsepsiyasini tanlash, loyiha hujjatlarini tayyorlash yoki uglevodorod qazib olishni optimallashtirish hamda kunlik texnologik operasiyalarni amalga oshirishda ishlatilishi mumkin.

Integrasiyalashgan model quyidagilarga imkon beradi:

• quduqlar unumdorligi va unga er usti infratuzilmasi tomonidan teskari ta`sir qilishi mumkin bo`lgan bosim cheklovlarini hisobga olgan holda uglevodorodlarni qazib chiqarish xajmlarini yuqori aniqlilik darajada shakllantirish;

• uglevodorodlarni yig`ish / tarqatish tarmog`ida va qayta ishlash tizimidagi to`siqlarni aniqlash va bartaraf etish;

• texnologik qarorlar qabul qilishda xavflarni kamaytirish;

• barcha aktivning xususiyatlarini tahlil qilish orqali konni o`zlashtirish uchun kapital xarajatlarni optimallashtirish;

• aktivning butun hayot aylanishi davomida oqimni ta`minlashning mumkin bo`lgan muammolarini baholash orqali operasion xarajatlarni optimallashtirish.

Ushbu zamonaviy yondashuvlar texnologik parametrlarni prognozlash sifatini oshiradi, rivojlanish ssenariylarini ko`p faktorli, ko`p mezonli baholashni amalga oshirishga imkon beradi va texnologik qarorlarni qabul qilishda xavfni kamaytiradi.

O`quv kurslari amaliy mashg`ulotlar va tajriba almashish bilan birga muhokama tarzida o`tkazildi. Trening yakunida ishtirokchilarga “Schlumberger” kompaniyasining “Integrated Asset Modeler Fundamentals” xalqaro standarti sertifikatlari topshirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1