1

O`zbekiston, Afg`oniston, Qirg`iziston va Xitoy hukumatlari logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqdi

Iqtisodiyot 12.09.2022, 11:46
O`zbekiston, Afg`oniston, Qirg`iziston va Xitoy hukumatlari logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqdi

Xitoydan Afg`onistonga tovarlar etkazib berishni jadallashtirish va logistika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tashabbusi bilan O`zbekiston, Afg`oniston, Qirg`iziston temir yo`llari ma`muriyatlari vakillari hamda Xitoy xalqaro logistika kompaniyasi ishtirokida to`rt tomonlama uchrashuvi bo`lib o`tdi. Ishchi guruh yig`ilishini “O`zbekiston temir yo`llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.N.Xasilov boshchiligida bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” matbuot xizmati xabar qildi. 

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R.Mahkamov, Afg`onistonning O`zbekiston Respublikasidagi elchisi janob A.X.Elmi ham ishtirok etdi.  

Hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, istiqbolli loyihalar va hamkorlikning yangi bosqichlarga olib chiqish maqsadida tomonlarning logistika infratuzilmasini modernizasiya qilish, Xitoyning Qashg`ar stansiyasidan Afg`onistondagi Hayraton stansiyasigacha bo`lgan yuk tashishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ta`kidlash joizki, afg`onistonlik mehmonlar Ishchi guruhning barcha qarorlarini qo`llab-quvvatladi. Afg`onistonning O`zbekiston Respublikasidagi elchisi A.X.Elmi va Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasi boshlig`i v.b. A.B.Sharofat tomonidan O`zbekiston Respublikasiga har tomonlama qo`llab-quvvatlagani uchun o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha to`rt tomonlama bayonnoma imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1