AsosiyJamiyat

Farg`ona va Namangan viloyatlari tuman va shaharlarining chegaralari o`zgartiriladi

'Farg`ona va Namangan viloyatlari tuman va shaharlarining chegaralari o`zgartiriladi'ning rasmi

Senatning o`ttiz ikkinchi yalpi majlisida Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o`zgartirish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Ma`lumki, mamlakatimizning izchil taraqqiyoti Namangan viloyatida ham ulkan o`zgarishlarga zamin yaratdi. Shaharu tumanlarda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari va istiqbolli investisiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatda 2021 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,8 foizga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 16,1 foizga o`sgan. Bunda viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarining o`rni alohida ahamiyatga ega.

2020 yilda Namangan shahri tarkibida 4,9 ming gektar er maydoni hamda 151 ming aholini o`z ichiga oluvchi Davlatobod tumani tashkil etildi.

Natijada, urbanizasiya jarayoni jadallashib, Davlatobod tumanida yangi infratuzilma ob`ektlari barpo etilmoqda va aholiga xizmat ko`rsatish tizimini yanada rivojlantirish imkoniyatlari kengaymoqda.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda Namangan shahar aholisi 670 ming kishini tashkil etmoqda.

Shaharda bir yilda aholining o`rtacha o`sishi 30,3 ming kishini tashkil etishi hisobga olingan holda 2040 yilga kelib aholi soni tabiiy ravishda 1,2 mln kishiga etishi kutilmoqda.

Namangan shahrining o`sib borayotgan aholisi ehtiyojlarini qondirish maqsadida 2022 yil 11 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan shahrida “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.

Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanidan 472,2 gektar (shundan 276 gektar qishloq xo`jaligi erlari) er maydonini Namangan shahri Davlatobod tumani tarkibiga o`tkazish va o`tkazilgan er maydoni hududida “Yangi Namangan shaharchasi” kompleksini barpo etish taklifi ilgari surildi.

Shaharchani bunyod etish uchun aynan shu hudud tanlanishiga esa hududning o`ziga hos salqin iqlimi, “Namangan” xalqaro aeroportiga yaqinligi, viloyatni Toshkent shahri bilan bog`lovchi 4R-112 yo`li yoqasida joylashganligi hamda eng oxirgi me`moriy echimlar yordamida quriladigan shaharcha viloyatning ma`muriy markaziga kiraverishda mehmonlar uchun alohida kayfiyat bag`ishlashi, shuningdek hududda tabiiy gaz, elektr energiyasi, oqova suv tarmog`i hamda aloqa liniyasi kabi muhandislik - kommunikasiya tarmoqlari mavjudligi kabi qator sabablarni keltirish mumkin.

Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi Namangan shahrida zamonaviy infratuzilma ob`ektlari barpo etilishi va aholiga xizmat ko`rsatish tizimi yanada rivojlanishiga va eng asosiysi aholining turmush farovonligini oshirishda, shuningdek, Namangan shahrining me`moriy qiyofasini zamonaviylashtirish, investisiya va turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o`zgartirish to`g`risidagi masala Senat qo`mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan atroflicha o`rganildi.

Ushbu masala xalq deputatlari Davlatobod va To`raqo`rg`on tumanlari hamda Namangan viloyati Kengashlarining tegishli qarorlari bilan ma`qullangan.

Senatorlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Senatning o`ttiz ikkinchi yalpi majlisida “Farg`ona viloyatining Uchko`prik, O`zbekiston, Dang`ara, Qo`shtepa, Toshloq, Farg`ona tumanlari va Qo`qon, Marg`ilon, Farg`ona shaharlari chegaralarini o`zgartirish to`g`risida”gi qaroriga oid masala ko`rib chiqildi. 

Ta`kidlash joizki, bugungi kunda Farg`ona viloyati shaharlari va tumanlarining chegaralarida muammoli masalalar mavjud bo`lib, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan aholining hayotida turli qiyinchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda.

Xususan, Farg`ona viloyatining Qo`qon, Marg`ilon va Farg`ona shaharlari tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan hududlarda yashovchi aholining aksariyat qismi shaharlardagi ijtimoiy soha (maktab, bog`cha, kasalxona) muassasalariga qatnashiga to`g`ri kelmoqda.

Shu bilan birga, muhandislik-kommunikasiya tizimlari (elektr tarmoqlari, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta`minoti) korxonalari ham shaharlar hududidan tortilgan bo`lib, Qo`qon, Marg`ilon va Farg`ona shaharlari tarkibiga o`tkazilayotgan hududlarga ushbu korxonalar tomonidan xizmat ko`rsatilmoqda.

Bundan tashqari, Qo`qon, Marg`ilon va Farg`ona shaharlarida aholi juda zich joylashganligi bois, shaharlarni rivojlantirish, ularning hududini yanada kengaytirish kabi muammoli masalalarni yuzaga chiqarmoqda.

Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida”gi Qonunga asosan Farg`ona viloyatining yuqorida qayd etilgan tuman va shaharlari chegaralarini o`zgartirish taklifi ilgari surilmoqda.

Ta`kidlanganidek, Farg`ona viloyatining O`zbekiston, Dang`ara va Uchko`prik tumanlaridan jami 2,6 ming gektar er maydoni Qo`qon shahri tarkibiga, Farg`ona, Qo`shtepa va Toshloq tumanlaridan jami 1,1 ming gektar er maydoni Marg`ilon shahri tarkibiga, Farg`ona tumanidan 812 gektar er maydoni Farg`ona shahri tarkibiga o`tkazilmoqda.

Bunda ushbu shahaplar hududi tapkibiga qo`shimcha kipitilayotgan fermer xo`jaliklari va boshqa qishloq xo`jalik korxonalariga qapashli 1 673 gektar eplap vaqtincha qishloq xo`jaligi kopxonalapi ixtiyopida qolishi va ushbu eplapni qishloq xo`jaligi ehtiyojlapidan boshqa maqsadlap uchun ajpatish shaharlar bosh reja loyihasi, bosqichma-bosqich O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshipilishi nazarda tutilgan.

Farg`ona, Qo`qon va Marg`ilon shaharlari chegaralarini o`zgartirilishi viloyatda zamonaviy infratuzilma ob`ektlari barpo etilishi va aholiga xizmat ko`rsatish tizimi yanada rivojlanishiga va eng asosiysi aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Alohida qayd etish lozimki, tumanlardan shaharlarga o`tkazilayotgan aholining uy-joy kadastr hujjatlari va propiskasini qayta rasmiylashtirish talab etiladi. Bunda kadastr hujjatlari va propiskani rasmiylashtirishda fuqarolardan qo`shimcha mablag`lar talab etilmaydi.

Muhokama etilgan masala bo`yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar