1

11 ta mamlakatning 300 dan ortiq sportchilari O`zbekistonda jam bo`ladi

Sport 20.09.2022, 23:03
11 ta mamlakatning 300 dan ortiq sportchilari O`zbekistonda jam bo`ladi

 Yaqin kunlarda O`zbekistonda 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. 23 sentyabrdan 25 sentyabrgacha bo`lib o`tishi kutilayotgan ochiq turnirda ishtirok etish uchun O`zbekistonga  Qirg`iziston, Qozog`iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tashrif buyuradi. Ularga Malayziya, Tailand va Filippinlardan sportchilar qo`shiladi.  

Sababi bu vaqtga qadar Samarqandda engil atletika bo`yicha Markaziy Osiyo 4-Ochiq chempionati bo`lib o`tadi. Bu haqda Engil atletika federasiyasi xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, sport musobaqasi O`zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi va Engil atletika federasiyasi tomonidan Markaziy Osiyo engil atletika assosiasiyasi va "O`zbekneftgaz" AJ ko`magida tashkillashtirildi.  

Ta`kidlanishicha, Samarqand shahridagi, yugurish yo`lakchasining yangi qoplamasi va World athletics standartlariga mos ravishda sertifikatlangan uloqtirish uchun sektorlariga ega "Afrosiyob Arena" sport majmuasi engil atletika bo`yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionatini o`tkazish uchun tayyorlab qo`yildi. Ochiq turnir stadion rekonstruksiyadan keyin o`tkazilayotgan ilk yirik tadbir bo`lib hisoblanadi.

"Sportchilar asosiy yugurish yo`nalishlarida ham, texnik musobaqalarda ham - balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg`a, otish, nayza uloqtirish bo`yicha qatnashadi",—deyiladi Engil atletika federasisining xabarida.

Qayd etilishicha, engil atletika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo`nalishlarda chiqishi belgilangan. Stadionga ishtirokchilar bilan birgalikda V Islom Birdamlik o`yinlari g`oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo`jaev, Farida Solieva, Nargiza Qo`chqorova va Roksana Xudoyarova kuch sinash uchun chiqadi.

Eslatib o`tamiz, musobaqaning uchinchi kunida "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi kubogi yo`nalishining "Save Aral 2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo`lib o`tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga jamoatchilik e`tiborini qaratish maqsadida o`tkaziladigan musobaqani qo`llab-quvvatlash uchun ishtirok etishi kutiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1