Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tayotgan sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo`yicha tashkiliy masala ko`rib chiqilmoqda, deya xabar qilmoqda "darakchi.uz" muxbiri.
Prezident 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzaev Zoyir Toirovich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Nomzod bo`yicha muhokamalarni boshlashdan avval so`zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to`plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo`yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.
Shundan so`ng, yig`ilish noodatiy shaklda davom etadigan bo`ldi. Ya`ni davlat rahbari o`z nutqini to`xtatib, sessiyani o`zaro muloqot asosida o`tkazishni taklif qildi.