1

Koronavirusning kam uchraydigan alomatlari ma`lum bo`ldi

Salomatlik 28.09.2022, 16:48
Koronavirusning kam uchraydigan alomatlari ma`lum bo`ldi

Hozirda koronavirusning eng kam uchraydigan belgilari ko`ngil aynishi, diareya va qusishdir. Bu haqida virusolog, tibbiyot fanlari nomzodi Pavel Volchkov aytib o`tdi.

"Yuqori nafas yo`llari infeksiyasi bilan oshqozon-ichak traktining bilvosita infeksiyasi mavjud. Bu oshqozon-ichak traktining immun reaksiyasi bilan birga bo`lishi mumkin. Ayrim hollarda koronavirusni ko`ngil aynishi, diareya va qusish alomatlari orqali aniqlash mumkin. Lekin bu alomatlar juda kam uchraydi", dedi P. Volchkov.

Shuningdek, koronavirus boshqa infeksiyalarning yuzaga chiqishiga sabab bo`lishi mumkin, deya qo`shimcha qildi virusolog.  

"COVID uzoq davom etsa unga bakterial infeksiya qo`shilishi mumkin, bu esa kasallikni kuchaytiradi. Masalan, bakterial pnevmoniyaga olib kelish ehtimoli mavjud. Afsuski, bu o`limga olib kelishi mumkin", dedi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1