O`zbekistonda bachadon bo`yni saratonidan o`lim holati o`sishda davom etmoqda

Salomatlik 28.09.2022, 19:43
O`zbekistonda bachadon bo`yni saratonidan o`lim holati o`sishda davom etmoqda

Ma`lum bo`lishicha, bu kasallik 15 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan ayollar o`lim sabablari bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi.

Mazkur mavzu muhokamasi yuzasidan bugun, 28 sentyabr kuni Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan BMT'ning Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasi (YuNFPA) ko`magida maxsus anjuman bo`lib o`tdi.

Unda qayd etilishicha, odam pappilomasi virusi orqali jinsiy aloqa vaqtida yuqadigan bachadon bo`yni saratoni hanuzgacha dunyo jamiyatining dolzarb muammosi.  

JSST ma`lumotlargiga ko`ra, har yili bachadon bo`yni saratoni  sababli 300 mingdan ortiq ayol vafot etadi. Butun dunyoda bo`lgani kabi O`zbekistonda ham bachadon bo`yni saratoni barcha yoshlardagt ayollar o`rtasiba eng keng tarqalgan turlari orasida hamda fertil yoshdagi (15-45) ayollar orasidao`lim sabablari bo`yicha sut bezi saratonidan keyin ikkinchi o`rinni egallaydi.  

Tadbirda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2020 yilda ushbu "rak" turi 1650 ta yangi kasallanish va 1000ta o`limga sabab bo`lib, vaqt o`tishi bilan tahlillar ularning o`sishda davom etayotganini ko`rsatadi. 

Eslatib o`tamiz, mazkur holatlarga barxam berish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va YuNFPA qishloq aholisi , jumladan Orolbo`yi hududidagi  ekologik halokatga to`qnash kelgan aholini qamrab olgan holda hukumat qaror bilan ish olib bormoqda.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1