1

 Toshkentda hokimlikda ishlovchi firibgar rahbar qamoqqa olindi

Jinoyat 02.10.2022, 14:05
 Toshkentda hokimlikda ishlovchi firibgar rahbar qamoqqa olindi

Yunusobod tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish va obodonlashtirish masalalari bo`yicha bo`lim sobiq boshlig`i ikki nafar jinoiy sherigi bilan bir fuqaroga avtosalondan yangi “Malibu” rusumli avtomashinani olib berishni va`da qilib, e“Malibu” rusumli avtomashinani olib berishni va`da qilib, evaziga 30.000 AQShvaziga 30.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo`lga kiritishgan va o`zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

1 nafari esa tergovdan yashiringanligi sababli, qidiruv e`lon qilingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1