1

Qumga tushish foydalimi?

Salomatlik 22.08.2016, 16:32
Teglar: Salomatlik
Qumga tushish foydalimi?

–  Avgust oylarida qumga tushish mavsumi boshlanadi deb eshitgandim. Bir tanishim «Siz ham boring, qo`l – oyoqlardagi og`riqlardan halos bo`lasiz, teri muammolari ham yo`q bo`ladi» dedi. Chindan ham shundaymi? Qumga ko`milish qanday naf berishi haqida ma`lumot bersangiz?

Mahmuda Mansurova, Toshkent viloyati 

Savolga «Turon» Fanlar akademiyasi faxriy a`zosi Tursun Ali Muhammad javob beradi: 

–  Iqlimimizda namlik borligini bilasiz. Namlik sekin-asta badanga kirib boradi va kishini betob qilishi mumkin. Namlik xo`l sovuq hisoblangani bois uning davosi quruq issiqlik ya`ni shifobaxsh qumlardir. Qum quruq issiqlik bo`lib, namlikni badandan ter bilan birga chiqarib yuboradi. Qumli muolaja uchun avgustning o`n beshinchisidan sentyabrning o`n beshinchi sanasigacha  bo`lgan davr tavsiya etiladi. Qumga tushishdan avval albatta qon bosimini o`lchatib olish zarur. Issiqlikning yuqori darajasi qon bosimini ko`tarib yuborishi mumkin. Qumga tushishdan avval, qumning yuzasini ariqcha shaklida ochib, 5-6 daqiqa ariqchada yotib ko`rasiz. Ahamiyat bering, qum zarralari badaningizning qaeriga yopishgan bo`lsa o`sha sohaga nam o`tgan. Bu tananing aynan shu qismlariga e`tibor qaratish kerakligini anglatadi. 10-15 daqiqalik qum muolajasini soat 11:00 dan 13:00 gacha, 15:00 dan 17:00 gacha 5-6 marta bajarasiz. Faqat oyoqlaringizning o`zi bezovta qilsa, qumli muolaja oyoqlarning o`zida o`tkaziladi. Qumda bo`lganda boshingizga soyabon olvoling. Yoningizda iliqroq choy solingan idish bo`lgani ma`qul. Qumdan chiqqach, tushlikka qovurma taomlar eyiladi. Qovun-tarvuz, meva, har xil sharbat va ichimliklar mumkin emas. Qumga uch yoki besh kun tushiladi. Muolaja tugamagunicha yuvinib bo`lmaydi. Yo`qsa yana namlik yig`ilishi mumkin.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1