13 oktyabrdan O`zbekiston va Eron Islom Respublikasi Hukumatlari o`rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to`g`risidagi Bitim kuchga kirdi.
Mazkur Bitim Eron Islom Respublikasi Prezidentining 14-16 sentyabr kunlari O`zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
TIV Shartnoma-huquq departamenti ma`lumotiga ko`ra, mazkur hujjat 11 moddadan iborat bo`lib, uning kuchga kirishi ikki mamlakat o`rtasidagi do`stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Avvalroq Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy O`zA muxbiri bilan suhbatda ikki davlat o`rtasida vizasiz rejim joriy qilish masalasiga






