MDH sammitida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekiston prezidentlari MDHda 2023 yilda “Rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo`llash yili”ni o`tkazish bo`yicha Harakatlar rejasi loyihasini ma`qullashlari kutilmoqda.
Shuningdek, 2023-2024 yillarga mo`ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasi loyihasini ko`rib chiqish taklif etildi.
14 oktyabr kuni kunning ikkinchi yarmida Ostonada Markaziy Osiyo-Rossiya birinchi sammiti bo`lib o`tadi, uning yakunida qo`shma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tadbirda Qozog`iston, Rossiya, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston rahbarlari ishtirok etadi.
Sammit chog`ida mamlakatlar o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish, umumiy savdo-iqtisodiy manfaatlarni, jumladan, oziq-ovqat, xomashyo va logistika narxlari oshib borayotgan sharoitda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Afg`onistondagi vaziyat kontekstida mintaqaviy xavfsizlik bo`yicha fikr almashishi kutilmoqda.






