AsosiySiyosat

"Markaziy Osiyo – Rossiya" sammiti ilk bor Ostona shahrida o`tkazilmoqda

'"Markaziy Osiyo – Rossiya" sammiti ilk bor Ostona shahrida o`tkazilmoqda'ning rasmi

Ostona shahrida ilk bor "Markaziy Osiyo – Rossiya" sammiti o`tkazilmoqda. Sammitda davlat rahbarlarining so`zga chiqishi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini olti tomonlama formatda muhokama qilish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, oliy darajadagi uchrashuv davomida Afg`onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda hozirgi geosiyosiy vaziyat, oziq-ovqat, xomashyo hamda logistika narxlari oshib borayotgan sharoitda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha Evroosiyo makonidagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini aks ettiruvchi Davlat rahbarlarining qo`shma bayonotini qabul qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar