AsosiySiyosat

Prezident MDH davlatlarini o`zaro savdodagi to`siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirdi

'Prezident MDH davlatlarini o`zaro savdodagi to`siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirdi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoev MDH tashkiloti davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari o`z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo`nalishlari yuzasidan o`z nuqtai-nazarini bayon qildi.

Ta`kidlanganidek, jahondagi murakkab vaziyat, kuchayib borayotgan keskinlik va strategik mavhumlik barqaror taraqqiyot borasidagi sa`y-harakatlarni birlashtirish va MDH maydonidan maksimal darajada samarali foydalanishni taqozo etmoqda.

Hamdo`stlik mamlakatlarida izchil iqtisodiy o`sishga erishish muhimligi qayd etildi.

Prezidentimiz mavjud xatarlarga qaramasdan, bu borada O`zbekistonda har jabhada erishilayotgan yutuqlarni e`tirof etar ekan, MDH davlatlari  o`rtasidagi o`zaro savdodagi to`siqlarni tezkor bartaraf etish bo`yicha ta`sirchan choralar ko`rish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Davlatimiz rahbari narx-navoning sun`iy o`sishiga yo`l qo`ymaslik hamda inflyasiyani jilovlash maqsadida MDH makonida oziq-ovqat mahsulotlari to`siqlarsiz etkazib berilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini qayd etdi.

 

    Boshqa yangiliklar