Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi ko`mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga ta`ziya yo`lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sog`ayib ketishini tiladi.
15.10.2022 18:05