AsosiySiyosat

Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotining yig`ilishida ishtirok etish uchun Istanbulga boradi

'Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotining yig`ilishida ishtirok etish uchun Istanbulga boradi'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasining TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig`ilishidagi ishtiroki to`g`risida

2022 yilning 17 oktyabr kuni Istanbul shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig`ilishida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Yig`ilishda 2022 yil 11 noyabrda Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan TDTning birinchi sammiti  kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni ko`zda tutilgan.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat hamda Tashkilot doirasidagi o`zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar