AsosiySport

Sharifa Davronova ikki karra Osiyo chempioni bo`ldi

'Sharifa Davronova ikki karra Osiyo chempioni bo`ldi'ning rasmi

Bu yil o`zbek engil atletikasida porlagan Sharifa Davronova yana bir chempionlikni tantana qildi. 

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi bergan xabariga ko`ra, Quvaytda o`tayotgan yoshlar o`rtasidagi qit`a birinchiligida hamyurtimiz o`zining sevimli uch hatlab sakrash dasturida tengsiz bo`ldi.

"Davronovaga bu galgi chempionlikni rasmiylashtirish uchun 13,23 metr etarli bo`ldi. Bilamizki, ushbu atletimizning potensiali aslida bundan ham yuqori. Mazkur dasturda ishtirok etgan boshqa bir vakilamiz Xushnoza Shavkatova esa 12,23 metr bilan kumush medalni qo`lga kiritdi" — deyiladi xabarda.

Ta`kidlanganidek, Sharifa Davronova shu tariqa ushbu Osiyo chempionatida uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash sektorlarini g`alaba bilan yakunlagan.

    Boshqa yangiliklar