Bugun, 17 oktyabr kuni Parijda France Football tomonidan «Oltin to`p»ni topshirish marosimi o`tkaziladi.
Marosimning asosiy qismi soat 23:30da boshlanib, g`oliblikka da`vogar o`nlik e`lon qilinadi, ko`p o`tmay «Oltin to`p»ning 2022 yilgi g`olibi sahnaga chaqiriladi.
Shuningdek, ayollar o`rtasidagi «Oltin to`p» sohibi, Lev Yashin sovrini sohibi, eng yaxshi hujumchiga Gerd Myuller sovrini, eng yaxshi yosh o`yinchiga Kopa Trophy sovrini va yana bir qator mukofotlar topshiriladi.
«Oltin to`p»ga da`vogar 30 futbolchi:
Tibo Kurtua («Real», Belgiya)
Rafael Leau («Milan», Portugaliya)
Kristofer Nkunku («Leypsig», Fransiya)
Muhammad Saloh («Liverpul», Misr)
Yozua Kimmix («Bavariya», Germaniya)
Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», Angliya)
Vinisius Junior («Real», Braziliya)
Bernardu Silva («Manchester Siti», Portugaliya)
Luis Dias («Liverpul», Kolumbiya)
Robert Levandovski («Barselona» / «Bavariya», Polsha)
Riyod Mahrez («Manchester Siti», Jazoir)
Kazemiro («Manchester Yunayted» / «Real», Braziliya)
Son Hyon Min («Tottenhem», Janubiy Koreya)
Fabino («Liverpul», Braziliya)
Karim Benzema («Real», Fransiya)
Filip Foden («Manchester Siti», Angliya)
Xarri Keyn («Tottenhem», Angliya)
Sado Mane («Bavariya» / «Liverpul», Senegal)
Darvin Nunes («Liverpul» / «Benfika», Urugvay)
Mayk Menyan («Milan», Fransiya)
Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya)
Sebastyan Aller («Borussiya» Dortmund / «Ayaks», Kot-d′Ivuar)
Luka Modrich («Real», Xorvatiya)
Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted», Portugaliya)
Antonio Ryudiger («Real» / «Chelsi», Germaniya)
Joau Kanselu («Manchester Siti», Portugaliya)
Erling Holand («Manchester Siti» / «Borussiya» Dortmund, Norvegiya)
Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya)
Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya)
Dushan Vlahovich («Yuventus», Serbiya).
Ma`lumot uchun, sovrinning amaldagi sohibi Lionel Messi hisoblanadi. Joriy mavsum uchun g`oliblikka asosiy da`vogar esa Karim Benzema hisoblanmoqda.