Toshkent shahri Parkent bozori yaqinidagi hududda bugun, 25 avgust kuni mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida videoxabar qoldirildi.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, yo`l chetida to`xtab turgan Sobalt rusumli yo`nalishsiz taksi avtomobili ayanchli tarzda yona boshlagan. Taxminlarga ko`ra, taksi ichida hech kim bo`lmagan.

Xabarga ilova qilingan videoda o`ch o`chiruvchilar yong`inni o`z vaqtida bartaraf etganini ko`rish mumkin. Sobalt avtomobili esa yong`in oqibatida jiddiy zarar ko`rgan. Yong`in kelib chiqish sabablari va uning oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma`lumotlar mavjud emas.





