Jo`qorg`i Kenges Axborot xizmati xabariga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi transport vaziri Sultanbay Saparov jarimaga tortildi.
Ma`lum bo`lishicha, vazir Sultanbay Saparov prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida o`tkazilgan majlis bayonnomasiga muvofiq Nukus shahri transport modelining Bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2022 yilda 50 dona avtobus sotib olish, 1 dona logistika markazi va 1 dona avtostansiya qurish, 2 dona temir yo`l vokzalini rekonstruksiya qilish bo`yicha topshiriqlarni bajarmagan.
Shuningdek, hududda jamoat transportini rivojlantirish, chekka hududlarni jamoat transporti bilan qamrab olish, avtobus va mikroavtobuslar sotib olish, onlayn shaklda lisenziya berish, subsidiya olish, tenderlarni elektron shaklda o`tkazish bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham etarli darajada emas deb topilgan.
Qayd etilishicha, S.Saparov rahbar sifatida o`z xizmat vazifalariga mas`uliyatizlik bilan qaragani natijasida transport sohasi bo`yicha norozilik murojaatlari bir necha barobarga ortib ketgan.
Shunga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi transport vaziri Sultanbay Saparov o`rta oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi