Bu haqda “24.kg” Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Nuran Niyozalievga tayanib ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, Qirg`iziston Respublikasi tashqi siyosatida O`zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
“Shuning uchun Qirg`iziston rahbari Sadir Japarov saylanganidan keyin ilk tashriflaridan birini Toshkentga qildi. Shavkat Mirziyoevning davlat tashrifi yuzasidan kelishuvga erishildi. Diplomatik kanallar orqali muddatlar ishlab chiqilmoqda. Tashkiliy va mazmuniy qismlarni ishlab chiqish kerak. Bir qator ikki tomonlama shartnomalar, memorandumlar, chora-tadbirlar rejasi, investisiya loyihalari tayyorlanmoqda, biz ularni O`zbekiston tomoniga taklif qilmoqchimiz, – dedi Nuran Niyozaliev.
Uning qo`shimcha qilishicha, vaqt ikki prezidentning ish jadvaliga ham bog`liq. Xabarda ayni paytda tayyorgarlik qizg`in davom etayotgani qayd etilgan.