Xabaringiz bor, Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-21 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi.
Asosiy e`tibor O`zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichda yanada mustahkamlash, sanoat, energetika va kimyo tarmoqlarida, qishloq xo`jaligi, transport va logistika sohalarida kooperasiyani kengaytirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga qaratiladi.
Tashrif yakunida hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarga oid 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Ashxobod shahrida “Toshkent” bog`ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo`yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.