Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass Dauning-strit (Bosh vazir qarorgohi)dagi matbuot anjumanida iste`foga chiqishini ma`lum qildi.
Shu bilan birga, uning so`zlariga ko`ra, u yangi hukumat rahbari saylanmaguncha o`z lavozimida qoladi.
Siyosatchi bu qarorni lavozimga kirishganidan olti hafta o`tib qabul qildi. Ya`ni, Trass o`z lavozimida 45 kun faoliyati olib bordi. Shu tariqa u Britaniya tarixidagi eng qisqa muddat bosh vazir bo`lgan siyosatchiga aylandi.
Bungacha antirekord faoliyatining 119-kunida vafot etgan Jorj Kanningga tegishli edi. U 1827 yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo`lgan.






