AsosiyDunyo

Eron Tashqi ishlar vazirligi o`z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi

'Eron Tashqi ishlar vazirligi o`z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi'ning rasmi

Eron TIV o`z fuqarolarini yaqin kelajakda Ukrainaga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirdi, mamlakatda bo`lganlarga esa o`z xavfsizligi uchun uni zudlik bilan tark etish tavsiya qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”ga tayanib, "Moskva24".

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Ukrainada harbiy mojarolarning kuchayishi va beqarorlikning kuchayishi munosabati bilan bunday choralar zarur.

Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ham o`z fuqarolariga shunday murojaat bilan chiqqan edi. Ukrainadagi xitoylar ehtiyot choralarini kuchaytirishga va evakuasiya qilishga chaqirildi. Mamlakat elchixonasi jo`nab ketishni tashkil etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Bundan oldin Qozog`istonning Kievdagi elchixonasi o`z fuqarolarini iloji bo`lsa, Ukrainani tark etishga va mamlakatga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirgan edi. Shuningdek, qozog`istonliklardan havo hujumi signallarini e`tiborsiz qoldirmaslik, boshpana va bomba boshpanalarida qolish so`ralgan.

 

    Boshqa yangiliklar