1

"UzAuto Motors"ning payvandlash sexi xodimi Jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo`ldi

Sport 21.10.2022, 15:33
"UzAuto Motors"ning payvandlash sexi xodimi Jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo`ldi

Ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida “Armrestling“ sport turi bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda. Ushbu musobaqada 51 mamlakatdan 1 200 nafardan ziyod sportchilar orasida O`zbekiston delegasiyasi tarkibida "UzAuto Motors" AJ Xorazm filialining payvandlash sexi xodimi Yo`ldoshev Yarashboy mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi va faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Yo`ldoshev 60 kg vazn toifasida bahslarda qatnashib, bronza medali bilan taqdirlandi.  

"UzAuto Motors" AJ jamoasi Yo`ldoshev Yarashboy va uning oila a`zolarini g`alaba bilan muborakbod etadi. Keyingi musobaqalarda O`zbekiston bayrog`ini shohsupaning eng yuqori cho`qqisiga ko`tarishda omad va yangidan yangi zafarlar tilaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1