Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich dunyoga uzoq muddatli inqirozlar, muvozanatsizlik va hukumatlar almashinuvi xavf solayotganini bildirdi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
"Ukrainaliklar gipertovushli raketalardan tashqari, eng zamonaviy qurollarni olishmoqda. Bu masalada Rossiya etakchilik qiladi, qolganlarida esa G`arb. Bu bizni uzoq muddatli mojaroga olib ketmoqda. Bu kimdir shu narsani anglab etib, muzokara o`tkazish kerakligini tushunmagunicha davom etadi. Ammo ungacha ko`p suvlar oqadi", - dedi u.
Shuningdek Prezident Kiev muammolarini echishni istamasligini aytib, "muammoni yaratganlarning o`zi uni echishi kerak"ligini ta`kidladi.






